O'ZBEKISTONNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHDA MINTAQAVIY INTEGRATSIYANING IQTISODIY TAHLILI
Abstract
Ushbu dissertatsiya ishida O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini diversifikatsiya qilishda mintaqaviy integratsiyaning iqtisodiy ahamiyati va ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining tashqi savdo hajmi, eksport tarkibi va savdo hamkorlari geografiyasiga ta’siri o‘rganildi. Xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi, integratsion mexanizmlarning eksportni kengaytirish va xomashyo yo‘nalishiga qaramlikni kamaytirishdagi roli baholandi. Tadqiqot davomida tashqi savdo ko‘rsatkichlari, eksport diversifikatsiyasi indekslari hamda mintaqaviy savdo ulushlari asosida tahlil o‘tkazildi. Olingan natijalar mintaqaviy integratsiya O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini diversifikatsiya qilish, savdo barqarorligini oshirish va iqtisodiy xavflarni kamaytirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Economic and Industrial Development
Silkworms and Sericulture Research
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 5 January 2026