HR FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISHGA ASOSLANGAN KORPORATIV LOYIHALARNI TATBIQ ETISH

Read full text
Authors: Gulmira Adiliva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada inson resurslari faoliyatini raqamlashtirish jarayonlarini korporativ loyiha boshqaruvi asosida takomillashtirish masalalari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda HR faoliyatining raqamli transformatsiyasi nazariy jihatdan asoslab berilib, uni korporativ loyihalar doirasida amalga oshirish mexanizmlari yoritilgan. Maqolada AQSH, Xitoy, Yevropa, Janubiy Koreya hamda O‘zbekiston tajribalari qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan bo‘lib, har bir hududda HR raqamlashtirish loyihalarining qo‘llanilayotgan texnologiyalari, boshqaruv yondashuvlari va erishilgan natijalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot jarayonida tahliliy, taqqoslama va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar HR faoliyatini korporativ loyiha sifatida boshqarish tashkilotlarda mehnat unumdorligi, boshqaruv samaradorligi va xodimlar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Maqola xulosalarida O‘zbekiston sharoitida HR raqamlashtirish loyihalarini joriy etishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies AI and HR Technologies Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
5 January 2026