ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK MOSLASHUV MUAMMOLARI

Read full text
Authors: Dildora Saydirasulova, Gulnora Muratqosimova, Oybek Xudayberdiyev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy ta’lim tizimi sharoitida ta’lim oluvchilarning psixologik moslashuvi bilan bog‘liq muammolar kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim jarayonining jadallashuvi, raqamlashtirish, pedagogik talablardagi o‘zgarishlar hamda ijtimoiy-psixologik omillarning o‘quvchi va talabalarning psixologik holatiga ta’siri ilmiy-nazariy va empirik yondashuvlar asosida yoritilgan. Psixologik moslashuvning kognitiv, emotsional va ijtimoiy komponentlari aniqlanib, ularning ta’lim samaradorligi bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’lim muhitida psixologik moslashuv darajasining pasayishi o‘quv faoliyatiga bo‘lgan motivatsiya, emotsional barqarorlik va ijtimoiy integratsiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Medical Sociocultural and Biopolitical Studies Contemporary art education critique

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
5 January 2026