KO'KRAK SUTINING BIOLOGIK AHAMIYATI VA TARKIBIY XUSUSIYATLARI
Abstract
Ko‘krak suti insoniyat tarixida eng bebaho oziq manbai sifatida qadrlanadi. Bu sut chaqaloq uchun tabiiy, muvozanatli va biologik jihatdan to‘liq oziqlantiruvchi manbadir. Uning tarkibida 87% suv, qolgan qismi esa oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitamin va minerallardan iborat. Ayniqsa, kolostrum (birinchi sut) immunoglobulinlarga boy bo‘lib, chaqaloqni infektsiyalardan himoya qiladi. Ko‘krak sutidagi oqsillar — laktoferin va immunoglobulinlar — bola immun tizimini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yog‘lari esa miya hujayralari va ko‘rish tizimining to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlaydi. Laktoza energiya manbai bo‘lish bilan birga, ichak mikroflorasini normallashtiradi. Ko‘krak suti nafaqat chaqaloq salomatligi uchun, balki ona organizmi uchun ham foydalidir: bachadon qisqarishini tezlashtiradi, qon yo‘qotishni kamaytiradi va kelajakda ko‘krak bezi saratoni xavfini pasaytiradi. Shuningdek, ona va bola orasidagi ruhiy-psixologik aloqani mustahkamlaydi. Shu sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hayotning dastlabki olti oyida chaqaloqlarni faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirishni tavsiya etadi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Phagocytosis and Immune Regulation
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 5 January 2026