MEHNAT MUNOSABATLARIDA VOYAGA YETMAGANLARGA BERILADIGAN KAFOLAT VA IMTIYOZLAR
Abstract
Mazkur ilmiy tezis mehnat munosabatlarida voyaga yetmagan shaxslarning huquqiy maqomi, ularga beriladigan kafolat va imtiyozlarning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda voyaga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, ishga qabul qilish shartlari, mehnat vaqti va dam olish vaqti, mehnatga haq to‘lash, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek, zararli va og‘ir ishlarga jalb etishni cheklash masalalari yoritilgan. Shuningdek, milliy mehnat qonunchiligi normalari va ularning xalqaro huquqiy standartlar bilan uyg‘unligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari voyaga yetmaganlar mehnat huquqlarini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Economic and Industrial Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 6 January 2026