MUAMMOLI TA'LIM MUHITINING XALQARO MIQYOSIDA QO'LLANILISHI
Abstract
Muammoli ta'lim (Problem-Based Learning, PBL) talabalarning real hayot muammolarini yechish orqali bilim olishlariga qaratilgan faol pedagogik yondashuvdir. Ushbu yondashuv 1969 yildan boshlab Shimoliy Amerika oliy o‘quv yurtlarida joriy etilgan va jahon bo‘ylab tarqalib, turli sohalarda qo‘llanilmoqda. Tezisda muammoli ta'lim muhitining xalqaro miqyosda qoʻllanilishi tahlil qilinadi. Tahlil uchun turli mamlakatlardagi PBL boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va tajribalar, shuningdek meta-tahlillar oʻrganildi. Xulosa shuki, muammoli ta'lim talabalarda mustaqil fikrlash va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi; ammo uning samarali tatbiq etilishi uchun oʻqituvchilarni tayyorlash va oʻquv dasturlarini takomillashtirish kabi qoʻshimcha chora-tadbirlar talab etiladi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Engineering and Agricultural Innovations
Economic and Industrial Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 6 January 2026