ERP TIZIMI YORDAMIDA RESURSLARNI BOSHQARISH VA XARAJATLARNI OPTIMALLASHTIRISH

Read full text
Authors: Qosimov Komiljon Husan oʻgʻli Yuldashev Abduhakim Abdukarimovich
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada korxonalarda resurslarni boshqarish jarayonlarini optimallashtirishda ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlarining tutgan o‘rni va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri yoritiladi. Tadqiqotda ERP tizimining korxona ichki jarayonlarini birlashtirish, real vaqt rejimida ma’lumot almashinuvini ta’minlash, xarajatlarni nazorat qilish va strategik boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashdagi afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, ishlab chiqarish, logistika, moliya, omborxona va kadrlar boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda ERP tizimi orqali resurslardan oqilona foydalanish misollar bilan asoslab beriladi. Maqolada tizimni joriy etishning amaliy mexanizmlari, xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiluvchi funksiyalar, hamda ERPning biznes jarayonlar samaradorligiga ta’siri bo‘yicha mahalliy va xorijiy olimlar tadqiqotlari tahlil qilingan. Yakuniy natijalarda ERP dasturlaridan foydalanish korxona xarajatlarini qisqartirish, resurslar taqsimotini aniq rejalashtirish va raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishi asoslangan.

Fields of Study & Subjects

Economic and Industrial Development Sustainability and Innovation in Business Education Innovation and Language Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
6 January 2026