RAQAMLI BIZNESDA IOT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNI AFZALLIKLARI
Abstract
Ushbu maqolada raqamli biznes jarayonlarida Internet of Things (IoT) texnologiyasidan foydalanishning asosiy afzalliklari, imkoniyatlari va samaradorlikka ta’siri o‘rganiladi. IoT tizimlari korxonalarga real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish hamda qaror qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish orqali operatsion xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda IoT qurilmalari yordamida mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlarni takomillashtirish, ta’minot zanjirini optimallashtirish va biznes jarayonlari shaffofligini oshirish kabi ustunliklar yoritilgan. Shuningdek, raqamli biznesning raqobatbardoshligini kuchaytiruvchi omillar, xavfsizlik masalalari hamda IoT integratsiyasining strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, IoT texnologiyalaridan samarali foydalanish korxonalar uchun innovatsion rivojlanish, tezkor boshqaruv va mijozlar ehtiyojiga mos yechimlar yaratishda muhim omil hisoblanadi.
Fields of Study & Subjects
Economic and Industrial Development
Language Acquisition and Education
Education
Innovation and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 6 January 2026