BIZNESNI BOSHQARISHDA ERP TIZIMIDAN FOYDALANISHNI AFZALLIKLARI

Read full text
Authors: Abduhakimova Farangiz Yuldashev Abduhakim Abdukarimovich
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy korxonalar faoliyatida ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlaridan foydalanishning ahamiyati va ularning biznes jarayonlarini optimallashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. ERP tizimlari korxonada ishlab chiqarish, moliya, ta’minot, savdo, omborxona va kadrlar kabi asosiy bo‘limlarni yagona axborot platformasiga birlashtirib, boshqaruvning tezkorligini va shaffofligini oshiradi. Maqolada ERP tizimining samaradorlikni oshirish, resurslarni tejash, ma’lumotlar oqimini avtomatlashtirish, qaror qabul qilishni tezlashtirish hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi afzalliklari keng yoritilgan. Shuningdek, ERP tizimini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar va uning korxona rivojiga ta’sirini baholovchi tahliliy fikrlar ham bayon etiladi. Tadqiqot natijalari ERP tizimlari biznes boshqaruvini raqamlashtirishda strategik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Economic and Industrial Development Sustainability and Innovation in Business Education Innovation and Language Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
6 January 2026