TOVAR ISHLAB CHIQARISH VA XIZMAT KO'RSATISH BO'YICHA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI
Abstract
Ushbu maqolada tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar hamda innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mamlakat iqtisodiy rivojlanishida ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, xizmatlar sektorining diversifikatsiya qilinishi va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, kichik biznes subyektlari uchun yaratilayotgan institutsional sharoitlar, davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, infratuzilma takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar o‘rganiladi. Muallif tovar va xizmatlar bozorida innovatsion g‘oyalar, marketing strategiyalarini modernizatsiya qilish, mahsulot sifati va servis darajasini oshirishga qaratilgan takliflarni ham asoslab beradi. Tadqiqot natijalari tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda muhim nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Economic and Industrial Development
Sustainability and Innovation in Business
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 6 January 2026