KASBIY ZARARLI OMILLAR TA'SIRIDA ASTENOVEGETATIV SINDROMI RIVOJLANISHINING PATOGENETIK MEXANIZMLARI

Read full text
Authors: Shahnoza Mirzakarimova
Cited by: 0

Abstract

Kasbiy faoliyat jarayonida uchraydigan zararli omillar zamonaviy tibbiyotda dolzarb muammolardan biri bo‘lib, ular markaziy va vegetativ nerv tizimi faoliyatining funksional buzilishlariga olib keladi. Ushbu maqolada kasbiy zararli omillar ta’sirida astenovegetativ sindrom rivojlanishining asosiy patogenetik mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Kimyoviy, fizik va psixoemotsional omillarning uzoq muddatli ta’siri natijasida nerv hujayralarida metabolik jarayonlar buzilishi, vegetativ nerv tizimi disbalansi, gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimning ortiqcha faollashuvi hamda oksidlovchi stress jarayonlarining kuchayishi aniqlanadi. Ushbu mexanizmlar organizmning moslashuv imkoniyatlarini susaytirib, surunkali charchoq, vegetativ disfunktsiya va psixoemotsional beqarorlik bilan kechuvchi astenovegetativ sindrom shakllanishiga olib keladi. Maqolada astenovegetativ sindromning klinik ahamiyati, kasbiy patologiya tarkibidagi o‘rni va erta tashxis qo‘yishning muhim jihatlari yoritilgan. Olingan xulosalar kasbiy tibbiyot amaliyotida profilaktika, erta aniqlash va reabilitatsiya chora-tadbirlarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga egadir.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Phagocytosis and Immune Regulation Regulation of Appetite and Obesity

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
6 January 2026