O'ZBEK XALQ OG'ZAKI DOSTONLARIDA KAMPIR OBRAZINING BADIIY AHAMIYATI

Read full text
Authors: Normurodova Marjona, Ergasheva Rayxon O'tkirovna
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim janrlaridan biri bo‘lgan dostonlarda kampir obrazining badiiy talqini, uning funksional va ramziy vazifalari tahlil qilinadi. Xalq dostonlarida uchraydigan kampir obrazlarining xilma-xilligi — donishmand, sinov beruvchi, mehribon hamda yovuz kampir tiplari misolida ko‘rsatilib, ularning kompozitsion, g‘oyaviy va tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi. Maqolada “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” turkumi va boshqa dostonlar asosida kampir obrazining folklor poetikasidagi o‘rni hamda xalq dunyoqarashini shakllantirishdagi roli ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari kampir obrazining nafaqat syujet rivojida, balki xalqning qadriyatlari, donolik an’analari va ma’naviy merosini ifodalashdagi o‘ziga xos o‘rnini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Economic and Industrial Development Medical Sociocultural and Biopolitical Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
6 January 2026