Onlayn ta'lim sharoitida talabalarda motivatsiya va o'zini o'zi boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirish strategiyalari.
Abstract
Mazkur maqolada onlayn ta’lim sharoitida talabalarda o‘quv motivatsiyasi va o‘zini o‘zi boshqarish (self-regulation) ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlashga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotgani sababli ichki motivatsiyani kuchaytirish, maqsad qo‘yish, vaqtni boshqarish, o‘z faoliyatini monitoring qilish va refleksiya qilish kabi ko‘nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda onlayn ta’limda motivatsiyani oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik va psixologik strategiyalar, jumladan, interaktiv metodlar, moslashuvchan baholash, teskari aloqa, gamifikatsiya va raqamli vositalardan samarali foydalanish yo‘llari yoritib berilgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Economic and Industrial Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 7 January 2026