ZAMONAVIY KROS-PLATFORMA DASTURLASH VOSITALARINING ELEKTRON TA'LIM PLATFORMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI

Read full text
Authors: Shahzod Nematullayev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy kros-platforma dasturlash vositalarining elektron ta’lim platformalarini ishlab chiqish va rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim muhitining kengayishi sharoitida elektron ta’lim platformalarining turli qurilmalar va operatsion tizimlarda barqaror ishlashi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot jarayonida Flutter, React Native va Xamarin kabi kros-platforma dasturlash vositalarining texnik, pedagogik hamda iqtisodiy afzalliklari o‘rganildi. Tahlil natijalari kros-platforma yondashuvi elektron ta’lim tizimlarining foydalanish qulayligini oshirishi, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashi va ishlab chiqish xarajatlarini kamaytirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, kros-platforma texnologiyalarining masofaviy va aralash ta’lim shakllarini rivojlantirishdagi istiqbollari yoritib berildi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Economic and Industrial Development Engineering and Agricultural Innovations

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
7 January 2026