YANGI TUGʻILGAN CHAQALOQLARDA MIKROBIOLOGIYA SHAKLLANISHI VA IMMUN TIZIMI RIVOJI

Read full text
Authors: Iroda Yaqubova, Xusniddin Karimov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada yangi tugʻilgan chaqaloqlarda dastlabki mikrobiota shakllanishi va immun tizimi rivojlanishi oʻrtasidagi murakkab, ammo muvofiqlashgan o‘zaro ta’sirlar IMRAD tamoyillariga muvofiq tahlil qilindi. Mikrobiologiya shakllanishi iborasi maqola doirasida chaqaloq organizmida birlamchi kolonizatsiya, mikrobiota tarkibiy dinamikasi va funksional yetilishi jarayonlarini anglatadi. Kirish qismida tugʻruq yoʻli, onaning holati, perinatal antibiotiklar, atrof-muhit va ovqatlantirish omillari mikrobiota arxitekturasini shakllantirishi haqidagi ilmiy manbalar sharhlangan. Materiallar va usullar boʻlimida 2010–2024-yillarda e’lon qilingan ingliz tilidagi original tadqiqotlar va sharhlar bazalar boʻyicha qidiruv strategiyasi, tanlash mezonlari va baholash yondashuvi bayon etildi. Natijalar boʻlimida vaginal va kesarcha kesim orqali tugʻruq, ona suti va aralashmalar, erta antibiotiklar, uy-atrof va kontaktlar, shuningdek metabolitlar — ayniqsa, qisqa zanjirli yogʻ kislotalari immun tizimining innate va adaptive komponentlariga ta’siri ketma-ketlikda yoritildi.

Fields of Study & Subjects

Pediatric health and respiratory diseases Education Innovation and Language Studies Biochemical and Structural Characterization

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
7 January 2026