Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalarda nutq o'stirish darslari orqali Soft Skills ko'nikmalarini rivojlantirishning nazariy pedagogik psixologik asoslari

Read full text
Authors: Mubina Xoldarova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari nutq o‘stirish mashg‘ulotlari jarayonida **softskills (yumshoq ko‘nikmalar)**ni rivojlantirishning nazariy, pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limtizimida shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida yumshoq ko‘nikmalarni shakllantirish ustuvorvazifa hisoblanadi. Mazkur jarayonda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida olib boriladigan nutq o‘stirish mashg‘ulotlari talabalardakommunikativ hamda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun qulay pedagogik muhit sifatida namoyonbo‘ladi.Kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritadigan tarbiyachilar uchun nutq madaniyati, empatiya, jamoada ishlash,muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda samarali muloqotga kirisha olish muhim ahamiyat kasb etadi.O‘zbekiston, MDH mamlakatlari (jumladan, Rossiya) va jahon ta’lim amaliyoti tahlili nutq faoliyati orqali yumshoq ko‘nikmalarnirivojlantirish bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy-pedagogik yetukligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.Tadqiqot natijalari nutq o‘stirish mashg‘ulotlariga interaktiv va integratsiyalashgan metodlarni joriy etish orqali talabalardamuloqot madaniyati, empatiya, jamoada ishlash, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish hamda reflektiv ko‘nikmalarnirivojlantirish mumkinligini ilmiy jihatdan asoslaydi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Medical Sociocultural and Biopolitical Studies Contemporary art education critique

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
5 January 2026