BADIIY ADABIYOT MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR EMOTSIONAL INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA
Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni rivojlantirishda badiiy adabiyotning pedagogik-psixologik ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilib, jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi muloqotning qisqarishi hamda raqamli texnologiyalarning ortib borayotgan ta’siri bolalarda emotsional sohaning yetarlicha shakllanmasligiga olib kelayotganligi asoslab berilgan. Shuningdek, badiiy adabiyot orqali bolalarda empatiya, hamdardlik, axloqiy baholash, o‘zi va boshqalarning his-tuyg‘ularini anglash hamda boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va psixologlari uchun amaliy ahamiyatga ega.
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 7 January 2026
- Document type
- Dataset