SANOAT CHIQINDILARIDAN FOYDALANGAN HOLDA UGLEROD CHIQINDISIZ SEMENT ISHLAB CHIQARISHNING EKOLOGIK VA TEXNOLOGIK STRATEGIYALARI

Read full text
Authors: Gʻ.M.Norkulov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada sement ishlab chiqarish sohasida uglerod chiqindilarini kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirish masalalari tahlil qilinadi. Sanoat chiqindilaridan xomashyo sifatida foydalanish asosida uglerod chiqindisiz yoki kam uglerodli sement ishlab chiqarishning texnologik va ekologik strategiyalari yoritilgan[2]. Tadqiqotda resurs tejamkorlik, chiqindilarni utilizatsiya qilish va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida kompleks yondashuv taklif etiladi[5]. Shuningdek, shlak, g‘isht chiqindilari va qurilish chiqindilari kabi sanoat chiqindilarining ximyoviy va mineralogik tarkibi o‘rganildi va ulardan sement ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatlari aniqlandi. Sanoat chiqindilaridan 20–35% qo‘shilsa, sement ishlab chiqarishda CO₂ ajralib chiqishini 15–25%ga kamaytirish, shu bilan birga energiya iste’molini 10–15%ga tejash mumkin.[4]

Fields of Study & Subjects

Engineering and Agricultural Innovations Education Innovation and Language Studies Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
7 January 2026