OROL FOJIASI: SIYOSIY IRODA, EKOLOGIK QURBONLIK VA MA'NAVIY MAS'ULIYATNING TARIXIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada Orol dengizi fojiasining tarixiy ildizlari, sovet davridagi markazlashgan iqtisodiy siyosat va paxta yakka hokimligining ekologik oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan Orol muammosini hal etish borasida olib borilgan siyosiy, diplomatik va amaliy chora-tadbirlar ilmiy asosda yoritiladi. Muammoning xalqaro miqyosga olib chiqilishi hamda amalga oshirilayotgan ekologik tiklash va yashillashtirish strategiyalari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada Orol fojiasi nafaqat texnogen va ekologik ofat, balki insoniyat ma’naviyati va tarixiy mas’uliyatini sinovdan o‘tkazgan global muammo sifatida baholanadi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Economic and Industrial Development
Transboundary Water Resource Management
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026