«QADRIYAT» TUSHUNCHASI SOTSIOLOGIYA TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA
Abstract
Qadriyat – bu shaxs yoki jamiyat tomonidan muhim sanalgan, qo‘llab‑quvvatlanadigan, ma'naviy va ijtimoiy jihatdan qiymatga ega tamoyillar, qoida va qarashlar, e'tirof etilgan me'yorlar yig‘indisidir. “Qadriyat” so‘zi arabcha “qadr” yoki “qimmat” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ma'nolari “baho”, “qiymat”, “ahamiyat”, “e'zozli narsa”, “hurmatga sazovor narsa” kabi tushunchalarni anglatadi. O‘zbek tilining izohli lug'atida “qadriyat” – «qiymat», «ahamiyat», «qimmatbaho buyumlar», «xalq boyligi» kabi ma'nolarni anglatishi koʻrsatilgan. Umuman olganda, qadriyat jamiyat va inson hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ma'naviy, axloqiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, milliy va umuminsoniy ahamiyatga ega boʻlgan qadr-qimmatliklar yigʻindisi sifatida ta'riflanadi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Contemporary art
education
critique
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026