KO'CHIRISH SIYOSATI VA PAXTA MONOKULTURASINING SIRDARYO VA JIZZAX VILOYATLARI TARIXIY-DEMOGRAFIK RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

Read full text
Authors: Farhod Umurzoqov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sovet davrida amalga oshirilgan ko‘chirish siyosatining tarixiy-demografik oqibatlari tahlil qilinadi. Mirzacho‘l hududlarining egallanishi, yangi shahar va tumanlarning tashkil etilishi, paxta yetishtirish va qishloq xo‘jaligi ishlariga aholi ko‘chirilishi jarayonlari tarixiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, viloyatlar aholisining demografik tarkibi, jinsiy va yosh tarkibidagi o‘zgarishlar, migratsiya jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri muhokama qilinadi. Maqola, sovet davrida paxta yetishtirish siyosati va mehnat resurslarini taqsimlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning viloyatlar rivojiga qanday ta’sir qilganini tahlil qiladi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Economic and Industrial Development Engineering and Agricultural Innovations

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
8 January 2026