RAQAMLI SERVIS PLATFORMALARIDA MIJOZLAR OQIMINI TARTIBGA SOLUVCHI ALGORITMLARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Read full text
Authors: Abdulazizov Sarvar Abduhamid o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada raqamli servis platformalarida mijozlar oqimini samarali boshqarish va optimallashtirishga qaratilgan algoritmlarning samaradorligini baholash masalalari yoritilgan. Mijozlar oqimini tartibga solish jarayonida sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish hamda real vaqt rejimida kuzatuv mexanizmlaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mijozlarning raqamli muhitdagi xatti-harakatlari, ularning xizmat ko‘rsatish jarayonidagi vaqt sarfi, kutish navbatlari va platforma yuklamasining taqsimlanishi kabi ko‘rsatkichlar asosiy baholash mezonlari sifatida tanlangan. Maqolada algoritmlarning aniqlik darajasi, ishlash tezligi, moslashuvchanlik va skalalanuvchanlik ko‘rsatkichlari asosida ularning real amaliyotdagi samaradorligi solishtirildi. Shuningdek, mijozlar oqimini boshqarishda qo‘llanilayotgan navbatlarni optimallashtirish modellarining (Queue Management Systems), prediktiv tahlil usullarining va rekomendatsiya mexanizmlarining ahamiyati ochib berilgan.

Fields of Study & Subjects

Advanced Computational Techniques in Science and Engineering Recommender Systems and Techniques E-commerce and Technology Innovations

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
8 January 2026