BULUTLI TEXNOLOGIYALAR, ULARNING TURLARI VA ULARNI BIZNESDA QO'LLANISHI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli iqtisodiyotda keng qo‘llanilayotgan bulutli texnologiyalar, ularning asosiy turlari hamda biznes jarayonlarida tutgan o‘rni yoritiladi. Bulutli hisoblashning IaaS, PaaS, va SaaS kabi modellari tahlil qilinib, har birining funksional imkoniyatlari va qo‘llanish holatlari izohlanadi. Shuningdek, xususiy, jamoat, gibrid, va ko‘p bulutli infratuzilmalarining afzalliklari hamda cheklovlari biznes nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Maqolada korxonalar uchun bulutli texnologiyalarning xarajatlarni optimallashtirish, ma’lumotlarni xavfsiz saqlash, masofaviy ishlashni qo‘llab-quvvatlash va IT infratuzilmani moslashuvchan boshqarishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bulutli xizmatlardan foydalanish raqobatbardoshlikni oshiradi, innovatsion jarayonlarni tezlashtiradi va biznesni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Fields of Study & Subjects
Economic and Industrial Development
Education
Innovation and Language Studies
Language Acquisition and Education
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026