RAQAMLI MARKETINGDA MA'LUMOTLAR TAHLILI VA SEO ROLI
Abstract
Ushbu maqolada raqamli marketing tizimida ma’lumotlar tahlilining strategik ahamiyati hamda qidiruv tizimlari optimallashtirishining (SEO) biznes raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Raqamli muhitda foydalanuvchi xatti-harakatlarini chuqur o‘rganish, konversiya ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va bozor tendensiyalarini prognoz qilish orqali marketing qarorlarini samarali shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, SEO texnologiyalarining organik trafikni oshirish, brend ko‘rinuvchanligini yaxshilash va potensial mijozlarni jalb etishdagi ustunliklari tahlil qilingan. Maqolada raqamli marketing vositalari integratsiyasi, analitik platformalar (Google Analytics, Yandex Metrica)dan foydalanish hamda kalit so‘zlar strategiyasining biznes natijalariga ta’siri bo‘yicha amaliy misollar keltiriladi. Tadqiqot natijalari ma’lumotlar tahlili va SEOning kompleks qo‘llanilishi raqamli marketing samaradorligini sezilarli oshirishini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Economic and Industrial Development
Language Acquisition and Education
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026