MEN RADIKALIZMGA QARSHIMAN
Abstract
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida jamiyat barqarorligi va tinchligiga jiddiy tahdid solayotgan radikalizm va ekstremizm muammosi tahlil qilinadi. Ayniqsa, yoshlar ongini noto‘g‘ri g‘oyalar bilan zaharlash, diniy qadriyatlarni buzib talqin qilish orqali ularni haqiqiy islom mohiyatidan chalg‘itish holatlari keng yoritiladi. Maqolada radikalizmning diniy, siyosiy va mafkuraviy ko‘rinishlari ochib berilib, uning jamiyatda totuvlik va bag‘rikenglikka yetkazayotgan zararli oqibatlari ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida islom dinining asl mohiyati tinchlik, mo’tadillik, adolat va mehr-oqibatga asoslanganligi keltiriladi. Maqolada yoshlarning radikalizmga qarshi kurashdagi o‘rni, to‘g‘ri diniy bilim olish, kitobxonlikni rivojlantirish va axborot makonida hushyorlikni oshirish kabi muhim omillar alohida ta’kidlanadi.
Fields of Study & Subjects
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Education
Innovation and Language Studies
Contemporary art
education
critique
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026