SPORT SOHASIDA ERP SPORT YAGONA ELEKTRON BOSHQARUV TIZIMINI JORIY ETISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur tezisda sport sohasida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va ularning samaradorligini oshirishda “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda ERP Sport tizimining nazariy asoslari, funksional imkoniyatlari hamda sport tashkilotlari faoliyatini boshqarishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, tizim orqali sportchilar, murabbiylar, sport inshootlari, mashg‘ulot va musobaqalar jarayonlarini markazlashgan holda boshqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. ERP Sport tizimining joriy etilishi sport sohasida shaffoflikni ta’minlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tezkorlikni oshirish va inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari sport sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va boshqaruv tizimini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Economic and Industrial Development
E-commerce and Technology Innovations
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026