BOLALARNI MAKTABGA MOSLASHTIRISHDA OILA MUHITINING PEDAGOGIK JIHATLARI
Abstract
Ushbu maqolada bolalarni maktab ta’limiga moslashtirish jarayonida oila muhitining pedagogik jihatlari tahlil etilgan. Tadqiqotda bolalarning maktabga moslashuvida oiladagi ta’limiy muhit, ota-onalarning pedagogik savodxonligi, oilaviy muloqot madaniyati hamda maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bolalarning jismoniy, aqliy va ijtimoiy-axloqiy tayyorgarligi, oilaviy muhitning ijobiy va salbiy ko‘rinishlari, ularning bolaning psixologik holati va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada Sharq mutafakkirlari qarashlari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar tahliliga tayanilgan holda, bolalarning maktabga muvaffaqiyatli moslashuvi uchun ota-ona, pedagog va psixologlar hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagoglar, psixologlar hamda ota-onalar uchun metodik ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Economic and Industrial Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026