BOSHLANGʻICH SINF O'QUVCHILARIDA TARBIYASI QIYIN VA BO'SH O'ZLASHTIRISH HOLATLARINING OLDINI OLISHDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING AHAMIYATI

Read full text
Authors: Feruza Eshboyeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarbiyasi qiyin va bo‘sh o‘zlashtirish holatlarining oldini olishda individual yondashuvning pedagogik-psixologik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda tarbiyasi qiyin va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi, diqqat va iroda bilan bog‘liq muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, individual yondashuv tamoyillari, ularni amaliyotga tatbiq etish usullari, maktab psixologi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyati, ota-ona bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari individual yondashuv o‘quvchilarning o‘quv faolligi, intizomi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashda samarali omil ekanini ko‘rsatadi. Tezis materiallari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab psixologlari hamda pedagogika sohasi tadqiqotchilari uchun amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Medical Sociocultural and Biopolitical Studies Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
8 January 2026