GIPOKSANTIN ASOSIDA BIOLOGIK FAOL BIRIKMALARNI SINTEZ QILISH VA ULARNING C-6424 PAXTA NAVI O'SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA'SIRINI O'RGANISH
Abstract
Mazkur tadqiqot gipoksantin asosida biologik faol birikmalarni sintez qilish va ularning C-6424 paxta navining o‘sishi hamda rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida gipoksantinning hosilalari va ularning ayrim metall ionlari bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalari sintez qilindi. Olingan birikmalarning biologik faolligi laboratoriya va vegetatsion tajribalar sharoitida baholanib, ularning urug‘larning unib chiqishi, ildiz va poya uzunligi, o‘simliklarning umumiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlandi. Tadqiqot natijalari gipoksantin asosidagi birikmalar past konsentratsiyalarda paxta o‘simligining dastlabki rivojlanish bosqichlarini sezilarli darajada rag‘batlantirishini ko‘rsatdi. Ushbu birikmalar ekologik xavfsiz, samarali va qishloq xo‘jaligida o‘simlik o‘sishini stimulyatsiya qiluvchi istiqbolli vositalar sifatida qo‘llash uchun tavsiya etilishi mumkin.
Fields of Study & Subjects
Engineering and Agricultural Innovations
Education
Innovation and Language Studies
Polysaccharides and Plant Cell Walls
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026