BIZNESNI BOSHQARISHDA BIG DATA TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI

Read full text
Authors: Tuxtasinov Diyorbek Davlat o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada biznesni boshqarish jarayonida Big Data texnologiyalaridan foydalanishning asosiy afzalliklari atroflicha tahlil qilinadi. Xususan, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish orqali boshqaruv qarorlarining aniqligi va samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Big Data texnologiyalari yordamida bozor tendensiyalarini oldindan prognozlash, mijozlar xulq-atvorini chuqur o‘rganish, risklarni kamaytirish hamda operatsion jarayonlarni optimallashtirish imkoniyatlari yoritib beriladi. Shuningdek, mazkur texnologiyalarning raqobatbardoshlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va strategik rejalashtirishni takomillashtirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Maqola natijalari Big Data texnologiyalarini joriy etish orqali korxonalar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Economic and Industrial Development Education Innovation and Language Studies E-commerce and Technology Innovations

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
8 January 2026