LOGISTIKA TIZIMLARI JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING QO'LLANILISHI

Read full text
Authors: Urinboyeva Shaxzoda Qosim qizi
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada logistika tizimlarida jarayonlar samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining o’rni va ularning operatsion boshqaruvga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar — Transport Management System (TMS), Warehouse Management System (WMS), IoT qurilmalar, GPS va RFID identifikatsiya vositalari, bulutli platformalar hamda sun’iy intellekt asosida prognozlash algoritmlarining logistika jarayonlarini optimallashtirishdagi funksional imkoniyatlari yoritilgan. Mazkur texnologiyalarni joriy etish natijasida transport harakati va yuk aylanmasini real vaqt rejimida nazorat qilish, operatsion xarajatlarni kamaytirish, logistika xavflarini minimallashtirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ta’minot zanjirining barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari asoslab berilgan.Shuningdek, raqamlashtirish jarayonlari korxonalarda tezkor ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, buyurtmalarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish, kechikishlar va inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirish, ombor va transport boshqaruvining aniqligini kuchaytirish kabi afzalliklarni yuzaga chiqarishi ilmiy dalillar asosida tahlil qilingan. Maqola yakunida logistika tizimlariga IT yechimlarni keng joriy etishning iqtisodiy samaralari, strategik ustunliklari va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha takliflar berilgan.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Advanced Computational Techniques in Science and Engineering E-commerce and Technology Innovations

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
8 January 2026