MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA WRITING (YOZUV) KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI.
Abstract
Zamonaviy ta’lim tizimida pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayonida yozuv (writing) ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka oshirish kurslarida writing ko‘nikmalarini takomillashtirish o‘qituvchilarning akademik savodxonligi, kasbiy hujjatlar bilan ishlash malakasi hamda ilmiy-metodik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur maqolada malaka oshirish kurslarida writing ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Xususan, jarayonga kompetensiyaviy yondashuv, raqamli texnologiyalardan foydalanish, jarayonli (process-oriented) yozuv modeli, reflektiv va kollaborativ yozuv usullarini joriy etish masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari writing ko‘nikmalarini rivojlantirish pedagoglarning kasbiy o‘sishi va uzluksiz ta’limini ta’minlashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Economic and Industrial Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026