IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI
Abstract
Maqolada innovatsion taraqqiyotning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishdagi tutgan o‘rni va bu jarayonni boshqarishda davlat institutlarining funksional ahamiyati tahlil etiladi. Innovatsion infratuzilma, inson kapitali, ilmiy-tadqiqot faoliyati va raqamli texnologiyalarning integratsiyalashuvi iqtisodiy o‘sishning muhim omili sifatida baholanadi. Xalqaro tajribalar Janubiy Koreya, Xitoy va Yevropa davlatlarining milliy innovatsion tizimlari asosida davlatning innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqotda O‘zbekistonda innovatsion siyosatning shakllanishi, texnoparklar, ilmiy markazlar, startap ekotizimi va davlat grantlari tizimining rivoji bo‘yicha amaliy natijalar keltirilgan. Innovatsion iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlik, raqobatbardoshlik va ijtimoiy farovonlikka ta’siri ilmiy asosda yoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Economic and Industrial Development
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026