EMOTSIONAL RENESSANS-TA'LIM TIZIMIDA EMOTSIONAL SAVODXONLIKNI QAYTA TIKLASHNING METODIK ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida “Emotsional Renessans” jarayonining mazmuni, emotsional savodxonlikni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari, o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasida emotsional ongni shakllantirishning metodik yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Mamlakatimiz ta’lim tizimida SEL (Social Emotional Learning) modelining joriy qilinishi, emotsional barqarorlikni kuchaytirish va psixologik xavfsiz muhit yaratishning ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. O‘quvchilarda empatiya, o‘zini boshqarish, mas’uliyatli qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashq va texnikalar tizimi bayon etiladi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Advanced Computational Techniques in Science and Engineering
Economic and Industrial Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026