FITRATSHUNOSLIKDA H. BOLTABOYEVNING ILMIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI
Abstract
Mazkur maqolada H. Boltaboyevning Fitrat ijodini tahlil qilishdagi adabiy-estetik qarashlari va ilmiy-metodologik yondashuvlari yoritilgan. Olim Fitrat shaxsini nafaqat ijtimoiy-siyosiy arbob, balki badiiy tafakkur egasi va estetik izlanishlarga moyil ijodkor sifatida talqin qiladi. Maqolada,shuningdek, tarixiy-biografik, tarixiy-sotsiologik hamda nazariy-estetik metodlar asosida Fitrat merosining mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy xususiyatlari ochib beriladi. H. Boltaboyev Fitrat asarlarini milliy uyg‘onish, jadidchilik mafkurasi va estetik tafakkur bilan bog‘lab tahlil etadi. Shu bois olimning ilmiy merosi fitratshunoslikda dolzarb va ahamiyatli o‘rin tutadi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Contemporary art
education
critique
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 January 2026