Fuqarolarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishda milliy g'oya tamoyillarining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari
Abstract
Ushbu maqolada fuqarolarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishda milliy g‘oya tamoyillarining o‘rni va ularning ijtimoiy-psixologik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Milliy g‘oya inson ongiga ta’sir qiluvchi kuch sifatida huquqiy ong, mas’uliyat, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik va qonunga hurmat kabi fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. Shuningdek, huquqiy madaniyatning rivoji nafaqat davlat siyosati, balki fuqarolarning shaxsiy ongidagi ijtimoiy-psixologik jarayonlar orqali kechishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada milliy g‘oyaning tarbiyaviy, ma’naviy va axloqiy omillar orqali huquqiy xulq-atvorni shakllantirishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘ri tushunish va ularni amaliy hayotga tatbiq etish huquqiy madaniyatni oshirishning eng samarali yo‘llaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Education
Innovation and Language Studies
Contemporary art
education
critique
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 9 January 2026