MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI MAVZUSI: "METABOLIK ASSOTSIRLANGAN YOG'LI JIGAR KASALLIGIDA INSULINGA REZISTENTLIKNI BOG'LIQLIK XUSUSIYLARI"

Read full text
Authors: Isroilov Muhammadali Azizbek o'g'li, Saliev Alisher Qodirovich
Cited by: 0

Abstract

Metabolik assotsirlangan yog'li jigar kasalligi (MASLD), avvalroq alkogolsiz yog'li jigar kasalligi (NAFLD) nomi bilan ma'lum bo'lgan, hozirgi kunda dunyo bo'ylab eng tarqalgan jigar patologiyalaridan biri hisoblanadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, jahon aholisining taxminan 25-30 foizi ushbu kasallikdan aziyat chekadi va bu ko'rsatkich obezitet, 2-tipli diabet va metabolik sindrom bilan og'rigan bemorlarda 70 foizdan ortiqni tashkil etadi. Mazkur kasallikning rivojlanishida insulinga rezistentlik markaziy o'rin tutadi va bu patogenetik bog'liqlik so'nggi yillardagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo'nalishlaridan biriga aylangan.Magistrlik dissertatsiyasi doirasida "Metabolik assotsirlangan yog'li jigar kasalligida insulinga rezistentlikni bog'liqlik xususiyatlari" mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi yozilmoqda. Ushbu sharh zamonaviy ilmiy adabiyotlar, jumladan, recenziyalanadigan jurnallardagi maqolalar, meta-tahlillar, klinik ko'rsatma qo'llanmalar va so'nggi yillardagi yangi tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Adabiyotlar sharhi xalqaro va mahalliy manbalarni qamrab olib, mavzuning nazariy asoslarini, zamonaviy diagnostika usullarini, davolash yondashuvlarini va kelgusidagi tadqiqot yo'nalishlarini yoritadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, so'nggi o'n yil ichida ushbu sohadagi tushunchalar va yondashuvlar sezilarli darajada o'zgardi, xususan, 2020-yilda taklif etilgan yangi terminologiya va diagnostik kriteriyalar tibbiyot amaliyotida inqilobiy o'zgartirishlar qildi.

Fields of Study & Subjects

Adipokines Inflammation and Metabolic Diseases Diabetes Cardiovascular Risks and Lipoproteins Dietary Effects on Health

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 January 2026