METABOLIK ASSOTSIRLANGAN STEATOGEPATITLI BEMORLARNING DIAGNOSTIKASINI OPTIMALLASHTIRISH BO`YICHA ADABIYOTLAR SHARHI

Read full text
Authors: Mamajonov Islombek Sardorbek o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Metabolik assotsiatsiyalangan steatogepatit (MASH) metabolik disfunktsiya bilan bog‘liq steatotik jigar kasalligi (MASLD) spektrining faol va progressiv shakli bo‘lib, fibroz rivojlanishi va sirroz hamda gepatosellyulyar karsinoma xavfi bilan bevosita aloqador. So‘nggi yillarda atamalar va diagnostik yondashuvlar sezilarli yangilandi: klinik amaliyotda invaziv bo‘lmagan testlar (NIT) yordamida “at-risk” (kamida F2 fibroz) bemorlarni erta aniqlash, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda monitoring qilish diagnostikaning asosiy maqsadiga aylandi. Ushbu adabiyotlar sharhida MASH patogenezi va klinik fenotiplari, laborator ko‘rsatkichlar va skorlash tizimlari (FIB-4, NFS), elastografiya (VCTE), MR asosidagi texnologiyalar (MRI-PDFF, MRE), zardob biomarkerlari (ELF, PRO-C3) hamda kombinatsiyalangan algoritmlar bo‘yicha dalillar tahlil qilinadi. Shuningdek, diagnostikani optimallashtirish uchun bosqichma-bosqich (risk-stratifikatsiya → ikkilamchi baholash → ixtisoslashgan yo‘naltirish) yondashuvning amaliy modeli taklif etiladi.

Fields of Study & Subjects

Liver Disease Diagnosis and Treatment Electrical and Bioimpedance Tomography Body Composition Measurement Techniques

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 January 2026