STEAM YONDASHUVI ASOSIDA FANLARARO ADAPTIV METODLARNI JORIY ETISH

Read full text
Authors: Gubenova Gozzal Turganbayevna Allambergenov Salamat Jaqsibayevich
Cited by: 0

Abstract

shbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida STEAM yondashuvining ahamiyati va uning asosida fanlararo adaptiv metodlarni joriy etishning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarda tahliliy, ijodiy va muhandislik tafakkurini rivojlantirishning samarali yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, adaptiv o‘qitish texnologiyalarining mohiyati, ularning o‘quvchilarning individual imkoniyatlariga moslashish imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash zarurati ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari STEAM yondashuvi asosida o‘quvchilarning kreativ fikrlashi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va innovatsion salohiyatini rivojlantirish mumkinligini isbotlaydi.

Fields of Study & Subjects

STEM Education Innovative Educational Technologies Educational methodologies and cognitive development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 January 2026