INKLYUZIV TA'LIMDA UNIVERSAL DIZAYN YONDASHUVI: O'QUV MUHITINI MOSLASHTIRISHNING NAZARIY-ASOSIY YECHIMLARI

Read full text
Authors: Nazarova Dildora Asatovna
Cited by: 0

Abstract

Maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida universal dizayn (UDL) yondashuvining nazariy poydevori va amaliy qo‘llanish mexanizmlari tahlil qilinib, ta’lim muhitini barcha o‘quvchilar uchun moslashuvchan, adolatli va differensial tarzda tashkil etishning dolzarbligi asoslab berilgan. Maqolada UDL modeli o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, o‘rganish uslublari va rivojlanish imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini qayta loyihalash zarurligi ta’kidlanadi. UDLning uch asosiy tamoyili - ma’lumotni ko‘pkanallilik asosida taqdim etish, bilim va ko‘nikmalarni turli shakllarda namoyon etish imkoniyatlarini yaratish hamda o‘quvchi motivatsiyasi va ishtirokini qo‘llab-quvvatlash tizimli ravishda yoritiladi. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi, texnik-infratuzilmaviy sharoitlarning yetarliligi va me’yoriy-huquqiy asoslarning mustahkamlanishi UDLni samarali joriy etishning muhim omillari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari universal dizayn yondashuvi barcha o‘quvchilar uchun sifatli, teng va inklyuziv ta’lim muhitini yaratishda samarali mexanizm ekanini tasdiqlaydi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Medical Sociocultural and Biopolitical Studies Contemporary art education critique

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 January 2026