EMOTSIONAL INTELLEKT: TA'LIM JARAYONIDAGI ROLI

Read full text
Authors: Qobilova Munavvar Dilmurad qizi1, Karimova Tursunoy G'ulomjanovna1, Jumaboyeva Maftuna O'tkirovna1, Ernazarova G.O2
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada emotsional intellektning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati kompleks tarzda yoritilgan. Emotsional intellektning tarkibiy qismlari o‘z-o‘zini anglash, emotsiyalarni boshqarish, empatiya, motivatsiya va ijtimoiy ko‘nikmalar o‘quv jarayonining psixologik va pedagogik jihatlari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsional intellektning o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ichki motivatsiyasini shakllantirish, sinfdagi ijtimoiy-psixologik muhitni optimallashtirish va pedagogik muloqot samaradorligini oshirishdagi roli ilmiy asoslangan dalillar asosida bayon etiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy ta’lim muhitida emotsional intellekt yetishmasligining oqibatlari, ruhiy zo‘riqish, stress, rivojlanishdagi to‘siqlar kabi omillar ham ko‘rib chiqiladi. Emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar, trening metodlari, refleksiya mashqlari va o‘qituvchilarning EI kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha samar ali yondashuvlar taklif etiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, emotsional intellekti rivojlangan o‘quvchi hamda pedagoglar o‘rtasida ijobiy o‘zaro munosabat shakllanib, ta’lim samaradorligi sezilarli darajada ortadi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Economic and Industrial Development Contemporary art education critique

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 January 2026