KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINING XORIJ TAJRIBASI VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarini moliyalashtirishning xorijiy mamlakatlarda shakllangan amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda qo‘llanilayotgan bank kreditlari, mikromoliyalashtirish institutlari, venchur kapital, kredit kafolatlash jamg‘armalari, davlat subsidiyalari, grantlar hamda raqamli moliyaviy platformalarga asoslangan muqobil moliyalashtirish vositalarining institutsional va funksional xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, xorijiy tajribada kichik biznesni moliyalashtirishda risklarni kamaytirish, kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosidagi moliyalashtirish modellari, kredit reytingi va skoring tizimlari, moliyaviy texnologiyalar (FinTech) asosidagi innovatsion yеchimlar tahlil etilgan. Maqolada kichik biznes subyektlarining moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlari va real sektor bilan integratsiyalashgan holda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish masalalari iqtisodiy-statistik va taqqoslama tahlil usullari asosida baholangan.
Fields of Study & Subjects
Economic and Industrial Development
Education
Innovation and Language Studies
Sustainability and Innovation in Business
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 9 January 2026