LINGVISTIK VA NUTQIY KOMPETENSIYALAR NISBATINI DARSDA MUVOZANATLASH: MEZONLAR VA AMALIY YECHIMLAR

Read full text
Authors: Madinabonu Ollaberganova
Cited by: 0

Abstract

Kompetensiyaga yo‘naltirilgan ona tili ta’limida til tizimi haqidagi bilim (lingvistik kompetensiya) bilan real muloqotda fikrni samarali ifodalash malakasi (nutqiy kompetensiya) o‘rtasidagi muvozanat dars sifatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Amaliyotda ko‘pincha grammatik-orfografik aniqlikni oshirishga qaratilgan mashqlar ustun kelib, natijada o‘quvchida “biladi, lekin qo‘llay olmaydi” muammosi yuzaga chiqadi; aksincha, faqat erkin muloqotni ko‘zlagan darslarda tilda me’yoriylik va uslubiy to‘g‘rilikning barqarorlashuvi sekinlashadi. Mazkur maqolada lingvistik va nutqiy kompetensiyalar nisbatini dars jarayonida muvozanatlash mezonlari (dars maqsadi va natijasi mosligi, vaqt-taqsimot, topshiriq dizayni, xatolar profili, baholash og‘irligi, transfer ko‘rsatkichi) hamda o‘qitish amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan yechimlar (integrativ topshiriqlar, “qoidadan vaziyatga” o‘tish mexanizmi, formatif baholash va kechiktirilgan tahrir, nutqiy janrlar bo‘yicha mini-modellar) metodik tahlil asosida yoritiladi. Nazariy tayanch sifatida kommunikativ kompetensiya konsepsiyasi hamda harakatga yo‘naltirilgan yondashuv talablari hisobga olinadi. Hulosada ona tili darsini “lingvistik yadro” va “nutqiy vazifa”ning bir butun tizimi sifatida loyihalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar umumlashtiriladi.

Fields of Study & Subjects

Language Acquisition and Education Education Innovation and Language Studies Educational Assessment and Pedagogy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 January 2026