BARQAROR RIVOJLANTIRISH DASTURLARI VOSITASIDA KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHDA ILG'OR MAMLAKATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH

Read full text
Authors: Firdavs Zayniddinov
Cited by: 0

Abstract

Bugungi kunda ko’plab mamlakatlar qatori O‘zbekiston ham barqaror rivojlanish yo’li orqali mamlakatda mavjud bo’lgan ishsizlik va kambag’alchilik muammolarini hal qilishni ustuvor maqsad qilib o’z oldiga qo’ygan. Bu yo’lda yevropa mamlakatlarining amalga oshirayotgan islohotlari va dasturlarini o’rganib undan andoza olish juda muhim qadam hisoblanadi. Hozirgi kunda barqaror rivojlanish masalasi jahon hamjamiyatining eng dolzarb va muhim mavzularidan biri hisoblanadi. Bu masalaga e’tiborning kuchayishi bejiz emas, chunki barqaror rivojlanish insoniyatning nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar farovonligi, ijtimoiy adolat, iqtisodiy o‘sish va ekologik muvozanatni saqlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Zamonaviy dunyoda global iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi, qashshoqlik va tengsizlik kabi muammolar davlatlarni barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan siyosat yuritishga majbur qilmoqda.

Fields of Study & Subjects

Socio-economic Development and Sustainability Income Poverty and Inequality Sustainable Development and Environmental Management

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 January 2026