INSULIN REZISTENTLIK VA METABOLIK JIGARNING YOG'LI KASALLIGI: ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH YONDASHUVLARI

Read full text
Authors: Isroilov Muhammadali Azizbek o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy jamiyatda metabolik kasalliklar sonining keskin ortishi muhim muammo hisoblanadi. Insulin rezistentlik va uning natijasida rivojlanadigan metabolik jigarning yog'li kasalligi alohida e'tiborga loyiq. Dunyo bo'ylab 415 million kishi diabet bilan kasallangan bo'lib, bu raqam 2040-yilga borib 642 millionga yetishi bashorat qilinmoqda. Insulin rezistentlik tizimli va xronik xarakterga ega bo'lgan metabolik buzilishlarga olib keladi, ayniqsa jigarning yog'li degeneratsiyasi jarayoni. Bu holat nafaqat jigar funksiyalarining buzilishiga, balki qon aylanish tizimi kasalliklari, diabet va hatto ba'zi onkologik kasalliklarning rivojlanishiga ham sabab bo'lishi mumkin.

Fields of Study & Subjects

Liver Disease Diagnosis and Treatment Diabetes Cardiovascular Risks and Lipoproteins Adipokines Inflammation and Metabolic Diseases

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 January 2026