Kimyo ta'limida iqlim o'zgarishlariga oid ilmiy ma'lumotlar asosida qaror qabul qilish kompetensiyasini rivojlantirish
Abstract
Mazkur tadqiqot kimyo ta’limi jarayonida iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq ilmiy ma’lumotlar asosida o‘quvchilardailmiy qaror qabul qilish kompetensiyasini shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Global ekologikmuammolar kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda iqlim savodxonligi, ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish va dalillarga asoslanganfikrlash ko‘nikmalari zamonaviy ta’limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Tadqiqotda kimyo fanining o‘quvdasturlari va o‘quv faoliyatlari inson faoliyati ta’siridagi iqlim o‘zgarishlari, iqlim va boshqa Yer tizimlari hamda ularningo‘zaro bog‘liqligini tushuntirish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Metodologik jihatdan tadqiqot PISA ilmiysavodxonlik doirasi hamda UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan iqlim o‘zgarishi ta’limi konsepsiyalariga asoslangankompetensiyaviy va mazmuniy tahlil usullariga tayangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kimyo ta’limida iqlimga oid kontekstlardanfoydalanish o‘quvchilarning ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish, ekologik xavf va noaniqliklarni baholash hamdadalillarga asoslangan ilmiy qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini samarali rivojlantiradi. Tadqiqot yakunida kimyo ta’limidaiqlim o‘zgarishlari masalalarini integratsiyalashga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi
Fields of Study & Subjects
Science Education and Pedagogy
Chemistry Education and Research
Environmental and sustainability education
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 5 January 2026
- Language
- UZ