Tibbiyot oliy ta'limida pediatriya talabalari klinik fikrlashini rivojlantirishda muammoli ta'lim metodlarining roli
Abstract
Ushbu maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida pediatriya talabalarini tayyorlash jarayonida muammolita’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotningasosiy maqsadi muammoli ta’limga asoslangan o‘qitish jarayonining pediatriya talabalarida klinik fikrlash, mustaqiltahlil qilish, muammoli vaziyatlarga yechim topish hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga ta’sirini aniqlashdaniborat. Tadqiqot pedagogik tajriba-sinov ishlari asosida olib borilib, unda pediatriya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarishtirok etdi. Ta’lim jarayoni davomida klinik muammoli vaziyatlar, case-study metodlari, interfaol mashg‘ulotlar va guruhlimuhokamalar qo‘llanildi. Olingan natijalar an’anaviy o‘qitish usullari bilan taqqoslanib, muammoli ta’lim texnologiyalariningta’lim samaradorligiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari muammoli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilganmashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish bilan birga, ularning klinik tafakkuri, mustaqil qaror qabulqilish qobiliyati va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Mazkur yondashuv pediatriyafanini o‘qitishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim pedagogik omili sifatida tavsiya etiladi
Fields of Study & Subjects
Innovations in Medical Education
Problem and Project Based Learning
Clinical Reasoning and Diagnostic Skills
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 5 January 2026
- Language
- UZ