Inkluziv ta'limda pedagogik diagnostika: maxsus ehtiyojli o'quvchilarning o'quv yutuqlarini baholash
Abstract
Inkluziv ta’lim barcha o‘quvchilarga, jumladan maxsus ehtiyojli bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatiniyaratishga qaratilgan tizimdir. Bunday sharoitda pedagogik diagnostika o‘qituvchilarga har bir o‘quvchining individualrivojlanishjarayonini kuzatish, o‘qishdagi qiyinchiliklarni erta aniqlash va shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv strategiyalariniishlab chiqish imkonini beruvchi muhim mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada inkluziv ta’lim jarayonidapedagogik diagnostikaning mazmuni, funksiyalari va metodologik asoslari nazariy hamda tahliliy jihatdan yoritilgan. Shuningdek,zamonaviy diagnostik yondashuvlar - formatif baholash, kompetensiyaviy diagnostika va raqamli vositalar - o‘quvjarayonini individuallashtirishda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyasini rivojlantirishzarurligi va amaliyotda uchraydigan muammolar haqida so‘z yuritiladi. Yakunda maxsus ehtiyojli o‘quvchilarningo‘quv natijalarini yaxshilash maqsadida diagnostika amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarberiladi.
Fields of Study & Subjects
Student Assessment and Feedback
Inclusive Education and Diversity
Educational and Psychological Assessments
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 5 January 2026
- Language
- UZ