IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN OROMGOHDA, YORUG'LIK, MATERIALLAR VA AKUSTIKANING TA'SIRI.

Read full text
Authors: Hodjayev Abbos Agzamovich, Mamaniyozova Firuza Abror qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan, xususan autizm spektr buzilishiga ega hamda zaif ko‘ruvchi bolalar uchun mo‘ljallangan oromgoh va ta’lim muhitlarida yorug‘lik, materiallar va akustikaning ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda tabiiy va sun’iy yorug‘lik turlarining inson idroki, psixologik holati va fazoni qabul qilish jarayoniga ta’siri yoritilib, ayniqsa tabiiy yorug‘likning to‘liq spektrli xususiyatlari autizmga ega bolalar uchun qulay muhit yaratishda muhim omil sifatida asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada rang va yorug‘lik uyg‘unligining zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun orientatsiya va kundalik faoliyatni yengillashtirishdagi o‘rni ochib beriladi. Material tanlashda xavfsizlik, taktil qulaylik va mustahkamlik mezonlari asosiy omil sifatida ko‘rsatilib, tabiiy materiallar va neytral teksturalarning afzalliklari asoslanadi.

Fields of Study & Subjects

Color perception and design Educational Environments and Student Outcomes Architecture Design and Social History

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 January 2026