INGLIZ TILI DARSLARINI MUAYYAN FAN SOHALARI BO'YICHA TANLANGAN MATNLAR ASOSIDA INTEGRATSIYALASH

Read full text
Authors: Shoira Xaydarova, Ixtiyor Suyarov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ingliz tili darslarini muayyan fan sohalari bo‘yicha tanlangan matnlar asosida integratsiyalash masalasi yoritiladi. Xususan, biologiyaga yo‘naltirilgan o‘quvchilar uchun biologiya faniga oid matnlardan foydalanish orqali ingliz tilini o‘qitishning metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Fanlararo integratsiya o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, ularning sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, terminologik lug‘at boyligini kengaytirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilishi asoslanadi. Maqolada integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bosqichlari, matn tanlash mezonlari hamda amaliy metodik tavsiyalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari ingliz tili darslarini fanlararo integratsiya asosida tashkil etish ta’lim samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Second Language Learning and Teaching EFL/ESL Teaching and Learning Education Innovation and Language Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 January 2026